Fan-texnika | 14:52 / 19.04.2021
34893
1 daqiqa o‘qiladi

Toyota o‘zining ilk elektromobilini taqdim etdi 

Model Subaru kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Yaponiyaning Toyota kompaniyasi Shanhay avtosalonida o‘zining bZ4X deb nomlangan ilk turkum ishlab chiqariluvchi elektromobili konseptining taqdimotini o‘tkazdi.

Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, elektromobil e-TNGA platformasiga qurilgan.

Model Subaru kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. 

Elektromobil salonida an'anaviy rul o‘rnini shturval egallagan, shuningdek, raqamli panel va katta sensor ekran o‘rnatilgan.

Yangi modelning texnik xususiyatlari sir saqlanmoqda. Elektromobil 2022 yil o‘rtalarida ommaviy sotuvga chiqadi.

Mavzuga oid