Furqat tumaniga yangi hokim tayinlandi
Farg‘ona viloyat hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelgan Jahongir Jumanov Furqat tumaniga yangi hokim etib tayinlandi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, bugun bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari tuman kengashi sessiyasida viloyat hokimining tegishli qarori muhokamaga qo‘yildi va deputatlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi.
Jumanov Jahongir 1982 yilda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika institutining tarmoqlar iqtisodiyoti bo‘yicha magistraturasini tamomlagan.
U ko‘p yillar viloyat moliya tizimida va viloyat hokimligida turli mas'ul lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2019-2021 yillarda Oltiariq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Furqat tumanining avvalgi hokimi Dilmurod Soliyev joriy yil 13 aprel kuni prezident raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi chog‘ida ishdan olingandi. Yig‘ilishda Dilmurod Soliyev bilan birga Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Chori Begimqulov hamda Ulug‘nor tumani hokimi Doniyor Maxsudov yoshlar bilan ishlashni lozim darajada tashkil etmagani uchun ishdan ketgandi.
Mavzuga oid
14:45 / 07.10.2020
«Qizil» hudud deb topilgan Furqat tumanida ham hokim va sektor rahbarlari uzr so‘radi
16:43 / 14.10.2019
«Qop-qop va'dalar qopning ichida qolmoqda». Furqat tumanidagi qo‘rg‘onchaliklar suvsizlikka mahkum
13:35 / 13.06.2018