Jamiyat | 21:27 / 22.04.2021
2295
1 daqiqa o‘qiladi

Andijondan Moskvaga aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim asosida Moskva – Andijon - Moskva yo‘nalishida muntazam parvozlar amalga oshiriladi.

Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur parvozlarni Rossiya Federatsiyasining «Royal Flight» aviakompaniyasi amalga oshiradi. Buning uchun tegishli Ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.

Aviakompaniya parvozlarni Boeing 757-200 havo kemasida amalga oshiradi.

Avvalroq, Toshkent – Andijon yo‘nalishida aviaqatnovlar tiklanganligini xabar qilgan edik.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid