Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i tayinlandi
Jamoat xavfsizligi universitetiga boshliq tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy gvardiyasi xabar berdi.
Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti boshlig‘i, polkovnik Mirzayusuf Rustamboyev O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i lavozimida ish boshladi.
Prezidentning 19 apreldagi qarori bilan Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, universitetda professional kadrlarni tayyorlash jarayoniga bakalavriat va magistraturani o‘z ichiga oluvchi ikki bosqichli oliy ta'lim tizimi joriy etiladi.
Bundan oldin, Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari ichki ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:02 / 29.08.2024
Prezident Jamoat xavfsizligi universitetini ko‘zdan kechirdi
19:29 / 11.07.2022
Endi huquq-tartibot idoralariga chaqirilgan fuqarolar «yo‘qolib» qolmaydi - Konstitutsiyaviy komissiya a’zosi
19:40 / 02.07.2022
“Konstitutsiya ham eskiradi, shu bois u zamonga qarab o‘zgarib turishi kerak” - komissiya a’zosi
18:21 / 29.06.2022