Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Qrimda keng miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlarni boshladi
Mashg‘ulotlarga 10 mingdan ortiq harbiylar, 1,2 mingdan ortiq harbiy texnika, 40dan ortiq jangovar kema va 20ta ta'minot kemasi jalb etilgan.
Qrimda Rossiya qurolli kuchlarining keng miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Rossiya mudofaa vazirligining ma'lumot berishicha, harbiy mashg‘ulotlarda o‘n mingdan ortiq harbiy xizmatchi qatnashmoqda.
Mashg‘ulotlarga 1,2 mingdan ortiq harbiy texnika, 40dan ortiq jangovar kema va 20ta ta'minot kemasi jalb etilgan.
Qayd etilishicha, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Qrimga yetib kelgan. U jangovar texnikalar joylashgan hududlarni ko‘zdan kechirgan hamda dengiz va quruqlikdagi guruhlarning tayyorgarligini nazoratdan o‘tkazgan.
Shoygu aprel boshlarida Rossiya armiyasining jangovar tayyorgarligi tekshiruvdan o‘tkazilishini e'lon qilgandi. Ma'lumot berilishicha, aprel oyida butun Rossiya bo‘ylab 4048ta turli miqyosdagi mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
08:34 / 18.05.2025
O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada yana oltin medal oldi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025