AQSh elchisi Rossiyani tark etdi
AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan Vashingtonga jo‘nab ketdi. AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgandan keyin Moskva unga maslahatlashuvlar uchun uyga qaytishni tavsiya qilgandi.
«Men qaytganimdan xursandman, oilamni ko‘rib, ma'muriyatdagi hamkasblarim bilan uchrashmoqchiman», deb ma'lum qilgan Sallivan aeroportda jurnalistlarga.
20 aprelda AQSh elchisi Vashingtonga maslahatlashuvlar uchun jo‘nab ketishini, Moskvaga esa bir necha hafta ichida qaytishini ma'lum qilgandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Sallivanning Rossiyaga qaytishi bu qanchalik maqsadga muvofiq bo‘lishiga bog‘liqligini aytgandi.
Rossiya AQSh sanksiyalariga javoban Sallivanga uyga qaytishni tavsiya qilishdan tashqari, 10 amerikalik diplomatni chiqarib yuborishini va AQSh elchixonasi faoliyati cheklanishini e'lon qilgandi.
Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar AQSh prezidenti Jo Baydenning mart oyidagi intervyusidan keyin taranglashdi. Bayden o‘sha intervyuda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «qotil» deb hisoblashini va Moskva AQShdagi saylovlarga aralashuv uchun «katta haq to‘lashini» aytgan. Shundan keyin Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov ortga chaqirtirib olingan. Antonov ayni vaqtda Moskvada qolmoqda.
Mavzuga oid
22:25 / 24.11.2024
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
19:21 / 24.11.2024
FT: Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi. Ular shartnoma imzolashga majburlanmoqda
15:06 / 24.11.2024
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi - Reuters
00:35 / 24.11.2024