Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden badavlat amerikaliklar uchun soliqni ko‘tarishni taklif qiladi
Soliq stavkasi yillik daromadi 1 million dollar va undan ortiqni tashkil etadiganlar uchun oshiriladi.
AQSh prezidenti Jo Bayden kongressga eng badavlat amerikaliklar uchun soliq to‘lovini oshirish bo‘yicha rejasini taqdim etadi, deb xabar berdi Reuters.
Qayd etilishicha, boy amerikaliklarning investitsiyalaridan olingan daromadlar Amerikadagi oilalarni qo‘llab-quvvatlash rejasini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
"Prezident Jo Bayden boylar uchun soliq stavkasini qariyb ikki baravarga, 39,6 foizgacha oshirishni taklif qiladi", - deb yozadi agentlik.
Ma'lumot berilishicha, investorlar uchun federal soliq stavkasi 43,4 foizga yetishi mumkin.
Soliq stavkasi yillik daromadi 1 million dollar va undan ortiqni tashkil etadiganlar uchun oshiriladi.
Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki Bayden kongressdagi chiqishi chog‘ida Amerikadagi oilalarni qo‘llab-quvvatlash rejasini muhokama qilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti yillik daromadi 400 ming dollardan kam bo‘lgan xo‘jaliklar uchun soliq oshirilmasligini va'da qilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025