Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada neft tankeriga drondan zarba berildi
Suriyaning Baniyos shahri yaqinida turgan neft tankeriga drondan zarba berildi. SANA axborot agentligining xabar berishicha, buning oqibatida kemada yong‘in chiqqan.
Kema Livan suv hududi tomondan 2ta snaryad bilan o‘qqa tutilgan. Snaryadlardan biri kemaning tumshuq qismiga tegib, unga katta zarar yetkazmagan. Biroq ikkinchi snaryad palubaga tushib, jiddiy talafotga olib kelgan.
Ayni vaqtga kelib yong‘inni to‘liq o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.
Ta'kidlanishicha, hujum oqibatida hech kim halok bo‘lmagan.
Al-Hadath telekanalining xabar berishicha, hujumga Eron tankeri uchragan bo‘lishi mumkin.
Bu orada Al-Mayadeen telekanali Damashq tankerga Isroil droni yordamida zarba berilgan deb hisoblayotganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025