Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyada 17 maygacha to‘liq lokdaun joriy etilishini e'lon qildi
Cheklovlar 29 aprel kuni soat 19:00dan boshlab kuchga kiradi va 17 may kuni 05:00da yakunlanadi.
Koronavirus epidemiyasi avj olgani sababli Turkiyada 29 apreldan 17 maygacha to‘liq lokdaun joriy etiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an e'lon qildi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.
Turkiyada bu davr mobaynida:
- shaharlararo qatnovlar cheklanadi;
- maktablarda qatnab o‘qish to‘xtatiladi;
- jamoat transportida yo‘lovchilar sig‘imi 50 foizdan oshirilmaydi;
- aksariyat muassasalar yopiladi.
Qayd etilishicha, cheklovlar 29 aprel kuni soat 19:00dan boshlab kuchga kiradi va 17 may kuni 05:00da yakunlanadi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 4,6 milliondan oshgan, jami o‘limlar soni 38,7 mingga yetgan. O‘tgan sutkada 37,3 ming kishida koronavirus aniqlangan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025