Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask Marsga parvoz qiladigan odamlar o‘limga tayyor turishlari kerakligini aytdi
Mask 2050 yilga borib Marsga bir million kishini jo‘natishni rejalashtirgan.
Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Marsga parvoz qiladiganlar halok bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Mask X Prize Foundation texnik xayriya tashkiloti asoschisi Piter Diamandis bilan suhbatida ana shunday ogohlantirish bilan chiqdi.
"Marsga sayohat – Antarktikaga yo‘l olgan Shekltonning reklamasi bilan bir xil. Buning xavfli, noqulay va uzoq ekanligini bilasiz. Balki siz tirik qaytmasligingiz mumkin, ammo bu qoyilmaqom sarguzasht bo‘ladi. Rostini aytganda, o‘lishingiz mumkin va ehtimol, sizda yaxshi taom va boshqa narsalar bo‘lmasligi mumkin", - dedi u.
Mask 2026 yilga borib Marsga odamlarni jo‘natmoqchi ekanligini aytgandi.
U 2050 yilga borib Marsga bir million kishini jo‘natishni rejalashtirgan. Uning fikricha, odamlar Starship SpaceX raketasida Marsga ikki yilda yetib borishlari mumkin.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi
18:44 / 22.05.2025