O‘zbekiston | 13:02 / 27.04.2021
11652
1 daqiqa o‘qiladi

Nurafshondagi uylardan birida gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida joylashgan uylardan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

«Bugun, 27 aprel kuni soat 11:40da Toshkent viloyatining Nurafshon shahridagi «Obod turmush» MFYda joylashgan ikki qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. 

Buning oqibatida binoning 2-qavatiga jiddiy zarar yetgan. Afsuski, hodisada bir nafar fuqaro vafot etgan.

Mazkur holat tabiiy gaz sizib chiqishidan kelib chiqqani taxmin qilinmoqda. Ayni daqiqalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari voqea joyida ishlamoqda. Mazkur vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlar vazirlikning rasmiy manbalari orqali berib boriladi», deyiladi vazirlik xabarida.

Ayni damda viloyat hokimligi va mas'ul rahbarlar tomonidan ham ushbu holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid