Fan-texnika | 00:47 / 28.04.2021
33244
2 daqiqa o‘qiladi

Apple iOS tizimining yangi versiyasini taqdim etdi

Foto: Apple

Apple kompaniyasi yangilangan iOS 14.5 versiyasini taqdim qildi. Operatsion tizimning yangilangan variantida bir qator qulayliklar bor.

Apple Watch yordamida iPhone qulfini ochish mumkin

Apple Watch foydalanuvchilari Face ID orqali iPhone telefonini qulfdan ochishlari mumkin.

Yangi xususiyat iPhone X va undan keyingi versiyalar hamda Apple Watch Series 3 va undan keyingi soatlarda ishlaydi.

Siri tizimi yaxshilanadi

iOS 14.5 bilan Siri endi standart ovozga ega emas. Bu – foydalanuvchilarga o‘zlari bilan gaplashadigan ovozni tanlashga imkon beradi. Endi foydalanuvchilar ingliz tilida turli xil ovozli variantlarni ko‘rib chiqishlari mumkin.

Ya'ni, endilikda Siri ovozli yordamchisi uchun avvaldan o‘rnatilgan yagona ayol ovozini emas, balki qurilmada mavjud 4 ta ixtiyoriy ovozdan birini tanlash mumkin.

Shaxsiy nazorat kuchaytiriladi

Foydalanuvchilar ma'lumotlarni to‘playdigan yoki ularni kuzatadigan dasturlarni ishga tushirganda, ushbu dasturlarning funksiyalarini o‘chirib qo‘yishlari mumkin. iOS 14.5 yangilanishi ishlab chiquvchilarga reklamalar uchun ma'lumotlarni kuzatib borish uchun foydalanuvchilardan ruxsat so‘rashni talab qiladi.

Shuningdek, Apple Maps ilovasi orqali AQSh va Xitoydagi foydalanuvchilar avtohalokat, xavf yoki tezlikni tekshirish haqida ma'lumot olishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, Apple Maps foydalanuvchilari endi do‘stlari va oila a'zolariga qachon kelishi mumkinligini xabar qilishlari mumkin.

Mavzuga oid