Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlar ishlari agentligi «Yosh kitobxon oila» Respublika tanlovini e'lon qildi
Tanlovda g‘olib bo‘lgan yosh oila Prezident sovg‘asi - “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlanadi.
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi 30 yoshgacha bo‘lgan yosh oilalar uchun «Yosh kitobxon oila» Respublika tanlovini e'lon qildi.
«Yosh oilalarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlikni mamlakatimiz bo‘ylab ko‘nikmaga aylantirish, joylarda adabiy muhit yaratish maqsadida “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi e'lon qilinadi», deyiladi Yoshlar ishlari agentligining xabarida.
Ma'lum qilinishicha, tanlovda ishtirok etish istagidagi 30 yoshgacha bo‘lgan yosh oilalar joriy yilning 30 mayiga qadar @kitobxonoila_bot telegram manzili orqali ariza yuborishlari mumkin.
Shuningdek, tanlovda g‘olib bo‘lgan yosh oila Prezident sovg‘asi — “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlanadi.
Mavzuga oid
21:02 / 17.05.2025
O‘zbekistonda millionlab yoshlarni birlashtirayotgan yirik festival o‘tkazilmoqda
22:05 / 17.03.2025
Yoshlar yetakchilari “Ibrat Academy” ilovasining pulli versiyasini sotib olishga majburlangani aytildi. Agentlik buni rad etdi
20:50 / 27.02.2025
Amaldorlar daraxtlarni kesayotganda yoshlarni daraxt ekishga ilhomlantirish mumkinmi? – mas’ullarning javobi
14:45 / 27.06.2024