Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston mamlakatda Turkiya mahsulotlari sotuvini taqiqlamoqchi
Armanistonda 2020 yil dekabrda Turkiya mahsulotlarini olib kirishga olti oylik taqiq joriy etilgandi.
Armaniston hukumati mamlakatga Turkiya mahsulotlarini olib kirishga qo‘yilgan taqiq muddatini uzaytiradi hamda ularning sotilishini taqiqlaydi. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot vaziri vazifasini bajaruvchi Vagan Kerobyan ma'lum qildi.
"Biz mamlakatga Turkiya mahsulotlarini olib kirishga qo‘yilgan taqiq muddatini uzaytirmoqchimiz, shuningdek, ularning sotuvini taqiqlamoqchimiz, chunki mahsulotlar aylanma yo‘llar bilan olib kirilmoqda va sotilmoqda", - dedi u.
Armanistonda 2020 yil dekabrda Turkiya mahsulotlarini olib kirishga olti oylik taqiq joriy etilgandi. Hukumat ushbu qaror qabul qilinishini Turkiyaning Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga aralashuvi bilan izohlagandi.
Respublika hukumatining fikricha, Anqara Ozarboyjonga yordam berish uchun harbiy mutaxassislarini jo‘natishdan tashqari, nizo hududiga yollanma jangchilarni tashlagan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025