Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sa'dulla Mirzayev Navoiy viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Sa'dulla Mirzayev shu davrgacha Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasining magistri.
U ish faoliyatini Nurota tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘qituvchisi sifatida boshlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - iqtisodchi, moliyachi.
Bundan oldin, Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlangandi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimiga tayinlangan yangi o‘rinbosar haqida xabar berildi.
Mavzuga oid

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi

11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi

18:21 / 09.04.2025