Erondagi kimyo zavodida kuchli yong‘in va portlash yuz berdi
Eronning Qum shahridagi Movalledan kimyo zavodida yong‘in davomida bir nechta portlash yuz berdi. Ma'lum qilinishicha, yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 6:00da boshlangan.
Yong‘inga qarshi 150 o‘t o‘chiruvchi va 20ta o‘t o‘chirish mashinasi kurash olib borgan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida 2ta o‘chirish mashinasi yonib ketgan, 2 nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat olgan.
Ta'kidlanishicha, o‘t o‘chiruvchilar yong‘inning spirt va boshqa oson alangalanuvchi suyuqliklar saqlangan rezervuarlarga tarqalishi oldini olishgan.
Voqea sababi hozircha o‘rnatilmagan. Falokat sababli hududda favqulodda vaziyat e'lon qilingan.
Movalledan zavodi Eronda ftalevli angidridning eng yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Ushbu modda turli plastmassalar, bo‘yoqlar va aviatsiya yonilg‘isi uchun qo‘shimchalarni ishlab chiqarishda dastlabki mahsulot hisoblanadi. U zaharli bo‘lib, teri va ko‘z shilliq pardasining shikastlanishiga olib kelishi mumkin.