Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook O‘zbekistonda qariyb 6 milliard so‘m soliq to‘ladi
O‘tgan yil davomida O‘zbekiston budjetiga bir qancha mashhur kompaniyalar, xususan, Facebook 5,9 milliard, Google 3,4 milliard, Apple 1,9 milliard so‘m soliq to‘lagan.
Davlat soliq qo‘mitasi elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalarning 2021 yil I chorakda davlat budjetiga soliq to‘lovlari haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.

2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, respublikada elektron xizmat ko‘rsatuvchi 26ta xorijiy kompaniya ro‘yxatga olingan bo‘lib, ular joriy yilning I choragida davlat budjetiga 4,3 milliard so‘m soliq to‘lagan.
Shuningdek, o‘tgan yil davomida O‘zbekiston budjetiga bir qancha mashhur kompaniyalar, xususan, Facebook 5,9 milliard, Google 3,4 milliard, Apple 1,9 milliard, Netflix 190 million, Booking.com 181 million, Yandex 136 million so‘m miqdorida soliq to‘lagan.
Avvalroq, 2020 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorij kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lash tartibi joriy etilgandi.
Mavzuga oid
08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi
12:02 / 09.01.2025
«Xavf bo‘lmay turganda erkinlikni qo‘llab-quvvatlayman, deyish oson» - Durov Tsukerbergning bayonoti haqida
20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi
19:05 / 12.12.2024