Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birjada paxta yog‘i va benzin narxi ko‘tarildi
O‘tgan hafta davomida, ya'ni 26 aprel–2 may kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi"ning barcha savdo platformalarida 1,81 trln so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 10,7 foizga ko‘pdir.
O‘tgan haftada birja savdolariga 8 047,0 tonna paxta yog‘i qo‘yilgan bo‘lsa, shundan 6 902,0 tonna, ya'ni 85,8 foiz hajmdagi paxta yog‘i sotilgan. Elektron savdolarda ishtirok etgan xaridorlarning o‘rtacha kunlik soni 130 kishini tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 15 mln so‘mdan 17,2 mln so‘mgacha, ya'ni 14,8 foizga ko‘tarildi. Hafta yakunlariga ko‘ra, 1-navli paxta yog‘ining haftalik kotirovkasi mahsulotning bir tonnasi uchun 16,3 mln so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan haftada sotuvchi korxonalar avtomobil benzinining birjadagi boshlang‘ich narxlarini oshirishdi. Birja savdolariga 38 599,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 12 292,0 tonnasi, ya'ni 31,8 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 34 xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sotuvchi korxonalar AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha boshlang‘ich narxlarini mahsulotning bir tonnasi uchun 6,3 mln so‘mdan 6,4 mln so‘mgacha yoki 1,8 foizga ko‘tarishdi. Shu munosabat bilan, AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha kunlik narxi ham mos tarzda 6,3 mln so‘mdan 6,4 mln so‘mgacha, ya'ni 1,8 foizga o‘sdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6,4 mln so‘mni, AI-91 – 7,7 mln so‘mni tashkil etdi.
Mavzuga oid
12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi
09:46 / 22.05.2025
O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 722 million so‘mga sotildi
12:53 / 02.05.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston birjalari meva-sabzavotlarni hamkorlikda sotadi
17:15 / 20.04.2025