Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 9 yoshli qiz vafot etdi
Oltiariq tumanida to‘qqiz yoshli qizaloq yo‘l-transport hodisasi natijasida vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, hodisa 27 aprel kuni soat 16:30 atrofida Tinchlikobod ko‘chasida sodir bo‘lgan. Damas avtomashinasi haydovchisi yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan B.M. ismli qizni urib yuborgan. Qizcha kasalxonada olgan jarohatlari tufayli vafot etgan.
Mazkur hodisa yuzasidan, Oltiariq tumani IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilayotgani bildirilgan.
Bundan avval Farg‘onada Nexia va elektroskuter to‘qnashishi oqibatida voyaga yetmagan yo‘lovchi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:15 / 06.05.2025
“Buning gashti bor”: uyida ipak qurti boqayotgan oqbo‘yralik oila
11:00 / 04.05.2025
“Harakatim ko‘p, shuning uchun sog‘lomman” – 75 yoshli bog‘bon aya
16:06 / 13.03.2025
«Oltiariqdagi issiq bog‘» - issiqxonada o‘rik yetishtirayotgan eskiarablik bog‘bon hikoyasi
17:57 / 07.03.2025