Jahon | 21:30 / 06.05.2021
6077
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-de-Janeyroda sodir bo‘lgan otishmada 23 kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlarning bir nafari politsiya xodimi, qolgan 22 kishi esa gumondorlar bo‘lgan.

Foto: Silvia Izquierdo, AP / NTB

Rio-de-Janeyro metropolitenida yuz bergan otishma chog‘ida 23 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda G1 portali xabar bermoqda.

«Rio-de-Janeyro politsiyasining noqonuniy giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkazgan operatsiyasi chog‘ida 23 kishi halok bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, halok bo‘lganlarning bir nafari politsiya xodimi, qolgan 22 kishi esa gumondorlar bo‘lgan.

Qayd etilishicha, yana ikki nafar politsiyachi va ikki nafar yo‘lovchi jarohatlangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid