Jahon | 09:03 / 09.05.2021
11523
1 daqiqa o‘qiladi

Londonning ilk musulmon meri o‘z lavozimini saqlab qoldi

Foto: AP

Britaniyaning Leyboristlar partiyasi a'zosi Sodiq Xon London meri lavozimiga qayta saylandi. Yevropa davlati poytaxti meri lavozimini egallagan ilk musulmon bo‘lgan Sodiq Xon saylovlarning 2-bosqichida ko‘pchilik ovoz to‘plab, o‘z lavozimini saqlab qoldi.

Xon uchun saylovchilarning 55,2 foizi ovoz bergan. Uning asosiy raqibi, Konservatorlar partiyasi vakili Shon Beylini 44,8 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlagan. Saylovlardagi davomat 42 foizni tashkil qilgan.

Xon 2016 yilda London meri lavozimini egallagandi. Joriy saylovlar dastlab 2020 yilda o‘tishi kerak bo‘lgan, biroq pandemiya sababli bir yilga qoldirilgandi.

Sodiq Xon 1970 yilda pokistonlik muhojirlar oilasida dunyoga kelgan.

Xon, shuningdek, Britaniya vazirlar mahkamasining a'zosiga aylangan birinchi musulmon hisoblanadi: 2008-2010 yillarda u navbati bilan jamoalar bo‘yicha vazir va transport vaziri lavozimlarini egallagan.

Mavzuga oid