Jamiyat | 13:53 / 12.05.2021
6833
4 daqiqa o‘qiladi

“Bu kasalni eshitib o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim” – Oqqon jabrida sinalayotgan sabrlilar

Inson sabr qilganda qachondir bu sabr uchun mukofot olishiga ishonadi. Farzandlari dardga chalinganda qilingan sabr esa bu mukofotni yanada oshiradi. Gematologiya shifoxonasidagi bemor bolalarning ota-onalari, bu yerdagi betob otalarning farzandlari shunday umid ila yashayotgan sabrlilardandir.

“Nabiram bu kasalga chalinganini eshitib o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim”

“O‘rigidan mag‘zi shirin” degan maqolni g‘urur bilan aytishdan faxrlanadigan buvilar uchun bemor nabira bilan birga dard chekishdan og‘iri yo‘q. Andijonlik bolakay oqqon sabab hatto yurolmay qolgan edi. Shifokorlarning sa'y-harakatlari bilan bugunga kelib ahvoli ancha o‘nglangan. “Uylarimizni sotib davolatdik. O‘g‘lim mavsumiy ishda ishlaydi, kelinimning qo‘lida chaqalog‘i bor. Bu kasalni eshitib o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim”, yig‘laydi Muhammadziyoyiddinning buvisi.

Muhammadjonov Muhammadziyoyiddinga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 7416 2896 onasi Odinaxon Qayumova nomida

Telefon: +998991381658 (buvisi)

Hech kim farzand dog‘ini ko‘rmasin

Isitmalar, ishtahasizlik, holsizlik belgilari Elbekjonning ota-onasini xavotirga solgach uni davolatish payiga tushishadi. Ammo kasalxonadan ketar chog‘da bolaga boshqa bir tashxis – oqqon tashxisi qo‘yiladi. Hatto boladan ayrilib qolishlari mumkinligi haqida ogohlantirilgan ota-ona tushkun holga tushib qolishgan. Nafaqat o‘zlariga, balki barcha ota-onalarga farzand dog‘ini ko‘rsatmasligini Yaratgandan so‘rashadi.

Elbek Tolibovga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 4505 3471 amakisi Tal'at Homidov nomida

Viza: 4187 8000 0054 9782 otasi G‘olibjon Homidov nomida

Telefon: +99893 9660978 (otasi)

Tezroq tuzalishni, maktabga chiqishni, do‘stlari bilan o‘ynashni qo‘msayotgan bola

Butun vujudini holsizlik qamragan Behro‘zbekni dastlab Xorazmda davolatishgan. Undan keyingi muolajalar gematologiya shifoxonasida davom etmoqda. “Faqat bolam tuzalib ketishini, umr berishini tinimsiz so‘rab o‘tiribman”, deydi onasi Nasiba opa. Fevral oyidan beri kasalxonada yotgan Behro‘zbek tezroq tuzalishni, maktabga chiqishni, do‘stlari bilan o‘ynashni qo‘msayotganini, ularni sog‘inganini aytadi.

Behro‘zbek Ismoilovga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 3271 4119 otasi Madat Otamurodov nomida

Sberbank: 4817 7602 9153 4604 qarindoshi Shoira Egamova nomida

Telefon: +998974592919 (otasi)

“Farzandlarim uchun sog‘ayishim kerak”

Kasbi shifokor, odamlar dardiga darmon bo‘lib yurgan Davron bu dardning nishoniga tushgan. Oilada yolg‘iz boquvchi, otasi vafotidan keyin ukasiga ham g‘amxo‘rlik qilib kelayotgan oilaboshi uchun bunday ahvolga tushish cheksiz g‘am-g‘ussa keltirdi. “Mol-holni sotdik, tomorqamizni sotdik. Ikkita qorako‘zlarim hali juda yosh. Kasallik boshlangandan buyon farzandlarim ko‘z oldimdan ketmaydi. Ularning kelajagi uchun sog‘ayishni o‘ylayman. Har safar yig‘lab qolishadi orqamdan”,- o‘kinch bilan gapiradi u.

Davron Hojiyevga oid ma'lumotlar:

Mikrokreditbank: 8600 0504 5441 0392 bemor Davron Hojiyev nomida

Sberbank: 4817 7602 3980 9035 qarindoshi Eshtemir Chorshanbiyev nomida

Telefon: +998942624483 (bemor)

Ramazon oyida, ayniqsa, muborak kunlarda qilingan ehsonlar va duolarning ajri ziyoda bo‘lishi haqida eslatmalar bor. Imkon qadar ehson yoki duolar bilan bemorlar sihat topishi uchun hissa qo‘shaylik. Ko‘pning duosi qabul bo‘lg‘usidir!

Gulmira Toshniyozova tayyorladi.
Tasvirchi – Sherzod Egamberdiyev.

Mavzuga oid