O‘zbekiston | 10:25 / 12.05.2021
2373
2 daqiqa o‘qiladi

“Cobalt” ichidagi 40 dona televizor to‘xtatib qolindi

Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma'lumotga asosan Qo‘qon shahar Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma'lum qildi. 

Tadbir davomida “Vodil — Yangiqo‘rg‘on” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro A.A. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina kuzatuvga olinib, Buvayda tumani hududida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 72 million so‘mlik 40 dona “WI FI TV” nomli 32 dyuymli televizor borligi aniqlandi.
       
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistondan chiqish yo‘nalishida 1905 yilda ishlab chiqarilgan madaniy boyliklar bojxona xodimlari tomonidan ushlab qolingani haqida xabar (https://t.me/kunuzFargona/3643) berilgan edi.

Mavzuga oid