Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda traktorga borib urilgan mashina haydovchisi vafot etdi

Buxoro viloyati Kogon tumanida o‘zidan oldinda ketayotgan mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan «Neksiya» haydovchisi ro‘paradan kelayotgan traktorga borib urilgan. Oqibatda u kasalxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 8 may kuni soat 15:20 larda davlat ahamiyatidagi 4R65 avtomobil yo‘lining Kogon tumani Siyozpoyon mahallasi hududidan o‘tuvchi 39-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Kogon tumanining Siyozpoyon mahallasida yashovchi «Neksiya» haydovchisi o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan mashinani quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan. Shu paytda o‘z yo‘lidan harakatlanib kelayotgan T28 traktorining old tomoniga borib urilgan. Oqibatda haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan va tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Kogon tuman IIB YHXB tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvda, Neksiya haydovchisi quvib o‘tishga chiqishdan avval ro‘paradan kelayotgan traktor bilan bo‘lgan oraliq masofaning qisqaligini inobatga olmagani aniqlangan.
Mavzuga oid

01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

18:17 / 19.05.2025