Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olti kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Farg‘onadagi YTH tafsilotlari ma'lum qilindi
Farg‘ona viloyatida 6 nafar fuqaro o‘limiga sabab bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasi tafsilotlari oshkor qilindi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning 10 may kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumanida yashovchi B.Q. boshqaruvidagi «Cobalt» avtomashinasi Toshkent— O‘sh yo‘lining Yozyovon tumani «Guliston» MFY hududida harakatlanib ketayotganida qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan D.S.ning «Cobalt» avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan..

Mazkur YTH natijasida olti kishi tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan. Yana to‘rt kishi esa Yozyovon tumani shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ularning ahvoli og‘irligicha qolmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yozyovon tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish qoidalarini buzish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farg‘onada sodir bo‘lgan YTH oqibatida 6 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025