«Ko‘rinmas» postda elektr energiya tiklandi
Kun.uz saytida e'lon qilingan «Shahrisabz tumanida «ko‘rinmas» post» sarlavhali maqolaga Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Unda yozilishicha, ushbu «Jamoatchilik nazorat maskani»(JNM) Prezidentning 2017 yil 14 martdagi qaroriga asosan tashkil etilgan.
12 may kuni Shahrisabz tumani Hojimaydon qishlog‘idagi «Asilbek» oilaviy korxonasida elektr energiyasi vaqtincha uzilgani, JNM elektr tizimi ushbu korxonaga ulangani sababli fidokor yoshlar qorong‘uda o‘tirgan.
Ayni vaqtda mazkur JNMda kamchiliklar bartaraf etilgani qayd etilgan munosabatda.
Maqoladagi ayrim holatlarga e'tibor qaratilmagan:
Nega yoshlar IIB uchastka nozirini tanimaydi?
«Shlagbaum»dagi «Stop» belgisi qorong‘uda umuman nur qaytarmaydi, qachon kamchilik bartaraf etiladi?
Nega maskan elektr tizimi oilaviy korxonaga ulangan?
P/S: Kun.uz aholi xavfsizligi uchun qilingan JNMlarda faoliyat yuritayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi. E'tiroz – sharoit yaratilmaganida.
Mavzuga oid
17:58 / 08.11.2024
Qashqadaryoda 28 yoshli ayol antibiotikdan keyin vafot etdi
01:06 / 29.08.2024
Shveytsariya yangi AESlar qurilishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishi mumkin
10:40 / 22.08.2024
Sanksiyalar tufayli Moskvada elektr energiyasi taqchilligi kelib chiqishi mumkin
07:35 / 22.08.2024