Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan bola Rossiyadan topilib, onasiga qaytarildi
2019 yil oktyabrda Buxoro viloyati Romitan tumanidagi sud 2014 yilda tug‘ilgan Amirxonni otasi R.A.dan onasi L.N. tarbiyasiga majburiy tartibda olib berish to‘g‘risida qaror chiqargan.
Bu qaror bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Jondor tumani bo‘limi ijro harakatlariga kirishgan.
Byuro ma'lumotiga ko‘ra, olib berilishi lozim bo‘lgan bola otasi bilan Rossiyaga chiqib ketgani sababli davlat ijrochisi tomonidan voyaga yetmagan Amirxonga qidiruv e'lon qilingan.
Qidiruv tadbirlari natijasida voyaga yetmagan Amirxon Rossiyadan topilib, O‘zbekistonga olib kelindi va onasi bag‘riga qaytarildi, deyiladi xabarda.
Ma'lumot uchun, MIB – Shaxslarni davlatlararo qidirish to‘g‘risidagi MDH shartnomasining sud qarorlarini ijro etishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarning joylashgan joyini aniqlash qismi bo‘yicha halqaro hamkorlikni amalga oshirish uchun vakolatli organ hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:43 / 03.05.2025
“10 marta takrorlab, eslab qolaman” – 205 ta davlat poytaxtlarini yoddan biladigan 8 yoshli Shukrona
19:24 / 06.03.2025
MIB xodimlari ham bodi-kameralardan foydalanishni boshlaydi
10:57 / 23.01.2025
Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi
20:43 / 27.12.2024