Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shanhayda pichoq bilan qurollangan ayol besh kishini yaraladi
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u ofis binosiga kelib, o‘zi bilan tortishib qolgan erkakni qidirgan. Qidirgan odamini topolmaganidan so‘ng, ayol yaqin-atrofda turgan odamlarga pichoq bilan hujum qilgan.
Xitoyning Shanhay shahrida pichoq bilan qurollangan ayol besh kishiga tan jarohati yetkazdi, deb xabar berdi Shine nashri.
Hodisa ertalab Tszyansu ko‘chasidagi ofis binosi yonida sodir bo‘lgan.
Ma'lumot berilishicha, hujumni 37 yoshli Fang ismli ayol amalga oshirgan.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u ofis binosiga kelib, o‘zi bilan tortishib qolgan erkakni qidirgan.
Qidirgan odamini topolmaganidan so‘ng ayol yaqin-atrofda turgan odamlarga pichoq bilan hujum qilgan. Oqibatda to‘rt kishi yengil jarohat olgan, bir kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Aprel oxirlarida Xitoyning Guansi-Chjuan muxtor rayonidagi bolalar bog‘chasiga pichoq bilan qurollangan erkak hujum qilishi oqibatida 16 nafar bola va ikki nafar tarbiyachi jarohatlangandi.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025