Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guantanamo turmasidagi eng keksa mahbus ozod qilinadigan bo‘ldi
AQSh Guantanamo turmasida saqlanayotgan eng keksa mahbus – 73 yoshli pokistonlik Sayfulloh Parachani ozod qilishini e'lon qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
Parachaning advokati uning himoyasi ostidagi “Al-Qoida” bilan aloqalarda gumon qilinib, panjara ortida ushlanganini, biroq hech qachon unga biror jinoyatni sodir etish ayblovi qo‘yilmaganini ma'lum qilgan. Turmada 16 yil o‘tkazgan Paracha boshqa ikki mahbus bilan birga mahbuslarni nazorat qilish komissiyasi tomonidan oqlangan. Advokatning ta'kidlashicha, AQShning ushbu qarori Paracha AQSh uchun “boshqa xavf solmasligi”ga asoslangan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Paracha ko‘p yillar davomida Nyu-Yorkda yashagan va tadbirkorlik bilan shug‘ullangan. AQSh hukumati u “Al-Qoida”ning 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktni uyushtirgan ikki terrorchiga moliyaviy operatsiyani o‘tkazishga yordam bergan “vositachisi” bo‘lganini ta'kidlagan. Parachaning o‘zi ushbu shaxslar “Al-Qoida”ga aloqador ekanini bilmaganini va terrorchilikka hech qanday aloqasi yo‘qligini aytgan.
Guantanamo turmasi AQShning Kubadagi harbiy-dengiz bazasida joylashgan bo‘lib, unda AQSh tomonidan turli jinoyatlarda, jumladan, terrorchilikda va dushman tomonda jang qilganlikda ayblanganlar saqlanadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025