Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nensi Pelosi dunyo yetakchilarini Pekin Olimpiadasini boykot qilishga chaqirdi
AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi dunyo yetakchilarini Pekinda 2022 yilda o‘tadigan qishki Olimpiadani boykot qilishga chaqirdi. U bu chaqirig‘ini Xitoyda inson huquqlari buzilishi bilan asosladi.
“Biz o‘zimizni Xitoyda Olimpiada o‘tishida go‘yoki hech qanday yomon narsa yo‘qdek tuta olmaymiz”, deb aytgan Pelosi Kongressning inson huquqlari bo‘yicha komissiyasida o‘tgan yig‘ilishda.
“Agar siz genotsid sharoitida Pekin Olimpiadasida o‘z joyingizni egallab o‘tirsangiz, unda “Xitoy hukumati genotsid sodir etayotgan vaqtda unga hurmat bildirishga tayyor bo‘lsangiz, dunyoning istalgan yeridan turib inson huquqlari haqida gapirishga qanday haqqingiz bor?” degan savol tug‘iladi”, deb murojaat qilgan Pelosi dunyo yetakchilariga.
U Pekin Olimpiadasining homiylarini ham tanqid qilgan. “Agar biz Xitoydagi inson huquqlari buzilishiga tijoriy sabablarga ko‘ra qarshi chiqmasak, unda biz qayerda bo‘lmasin inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlashga barcha ma'naviy huquqni yo‘qotamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Pelosi.
AQSh vakili Tibetdagi vaziyat sababli uning 2008 yilgi Pekin Olimpiadasiga boykot e'lon qilishga urinishi muvaffaqiyat qozonmagani va hozirgi taklifi ham inobatga olinishiga ishonchi komilmasligini qo‘shimcha qilgan. Shu bilan birga, Pelosi sportchilar Olimpiadada ishtirok etish imkoniga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025