Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi shtatlardan birida majburiy niqob taqish rejimi taqiqlandi
Qayd etilishicha, Ayovada koronavirus yuqtirish holatlari soni kamaymoqda.
AQShning Ayova shtati gubernatori Kim Reynolds maktablar va mahalliy ma'muriyatlarga majburiy niqob taqish rejimini joriy etishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Bu haqda The Hill xabar bermoqda.
«Ayova shtati bolalarning ta'lim olish jarayonini nazorat qilishni ota-onalarga qaytaradi va barcha ayovaliklarning o‘z salomatligi to‘g‘risida mustaqil qaror qabul qilish huquqini himoyalash uchun choralar ko‘radi», — dedi gubernator.
Reynoldsning qo‘shimcha qilishicha, u shaxsiy mas'uliyat va erkinlik qadrlanadigan shtat gubernatori ekanidan faxrlanadi.
Qayd etilishicha, Ayovada koronavirus yuqtirish holatlari soni kamaymoqda. 19 may kuni shtatda 300ta yangi holat aniqlangan – bundan pastroq ko‘rsatkich 2020 yilda pandemiya boshlanganida qayd etilgandi. Shtatning 47 foiz aholisi koronavirusga qarshi vaksinaning kamida bir dozasi bilan emlangan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025