O‘zbekiston | 17:34 / 20.05.2021
14347
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqda Toshkent shahar IIBB xodimi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hududida Toshkent shahar IIBB xizmat avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Poytaxt IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi. 

Qayd etilishicha, 16 may kuni taxminan soat 04:00larda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida salonida Toshkent shahar IIBB xodimi Xurshid Sh. bo‘lgan “Neksiya-3” rusumli Toshkent shahar IIBB xizmat avtomobili (davlat raqami 01 924 VSC) ishtirok etgan.

Ushbu holat bo‘yicha IIV O‘z xavfsizlik boshqarmasi tomonidan xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Prokuratura tomonidan sodir bo‘lgan YTH yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, tekshiruv davomida sud-tibbiyot ekspertizasi va boshqa bir qator ekspertizalar tayinlangan. 

“Tekshiruv yakuniga ko‘ra Xurshid Sh.ning harakatlariga huquqiy baho beriladi. Hozirda u o‘z xizmat vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid