Qo‘qonda 11-sinf yigit sinfdoshini do‘pposlashi ortidan jinoyat ishi ochildi
Qo‘qon shahrida 17 may kuni maktab o‘quvchilari o‘z sinfdoshini kaltaklab, unga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar bermoqda.
Voqea, 17 may kuni soat 11:00 larda Qo‘qon shahridagi 4-sonli maktabning sport maydonida ushbu maktabning 11-sinf o‘quvchisi 17 yoshli M.I. va sinfdoshi 18 yoshli M.A. o‘rtasida sodir bo‘lgan. Ikki sinfdosh bir-birlari bilan o‘zaro gap talashib janjallashib qolgan.
Janjal davomida M.A. M.I.ning qorin sohasiga qo‘li bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Tayinlangan sud tibbiy ma'lumotnomasiga ko‘ra, voyaga yetmagan M.I.da qorin oldi devori to‘mtoq shikasti, jigar chap bo‘lagi ezilib yorilishi, ichki qon ketish, postgemorragik shok og‘ir darajasi jarohatlari aniqlangani ko‘rsatilgan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu janjalga hodisadan bir hafta oldin M.I. sinfdoshi M.A.ga «Avtoritet bo‘lib ketibsanmi, o‘zgarib qolibsan», degan so‘zlarni ishlatgani sabab bo‘lgani aniqlangan.
Xabarda shuningdek, hozirda holat yuzasidan M.A.ga Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangani aytib o‘tilgan.
Avvalroq, Farg‘ona shahrida 18 yoshli yigit haydovchiga pichoq bilan hujum qilgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
10:23 / 07.11.2024
DXX: Qo‘qonda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari ozodlikdan mahrum etildi
23:02 / 13.09.2024
Qo‘qonda gaz to‘ldirish shoxobchasida turgan avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi
18:00 / 12.09.2024
Qo‘qonda o‘g‘irlangan avtomobil pachaqlangan holda topildi
15:06 / 11.07.2024