Hindistonda taniqli kurashchi qotillikda gumonlanib hibsga olindi
Hindistonda taniqli kurashchi, 2012 yilda Londonda o‘tgan Olimpiadada Hindiston terma jamoasining bayroqdori bo‘lgan Sushil Kumar qotillikda gumonlanib hibsga olindi.

Foto: hdwalle.com
38 yoshli erkin kurashchi stadiondagi mushtlashuv vaqtida boshqa bir kurashchi vafot etgandan keyin, 4 may kunidan qochoqlikda yurgan.
Sobiq jahon chempioni mushtlashuv ishtirokchilaridan biri, deb topilgan. Politsiya hattoki uning qayerda ekani haqidagi ma'lumotga 1,4 ming dollar va'da qilgan.
Kumar G‘arbiy Dehlidagi Mundka qishlog‘ida hibsga olingan.
Kurashchi 2010 yilda 66 kggacha vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan. U, shuningdek, 2008 va 2012 yillardagi Olimpiadalarda mos ravishda bronza va kumush medallarini qo‘lga kiritgan.
Sportchi 2012 yilgi London Olimpiadasi ochilishi marosimida o‘z mamlakati terma jamoasining bayroqdori bo‘lgan.
Mavzuga oid

08:00
Hindiston Fransiyadan Rafale qiruvchi samolyotlarini sotib oldi

00:58
Pokiston mudofaa vaziri Hindiston armiyasining hujumini «muqarrar» deb atadi

21:22 / 28.04.2025
Xitoy Trampning tariflarini Hindiston yordamida chetlab o‘tmoqchi

16:27 / 28.04.2025