Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parkent tumanida baland tog‘ga chiqib, bedarak yo‘qolgan yigit topildi

Foto: FVV matbuot xizmati
Toshkent viloyati Parkent tumanida baland tog‘likka ko‘tarilib, bedarak yo‘qolgan yigit topildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 22 may kuni 10 kishidan iborat yigitlar Parkent tumanidagi Kumushkon tog‘iga dam olishga chiqqan. Balandlikka ko‘tarilishganida birdan kuchli yomg‘ir yog‘a boshlagani sababli tezda tog‘dan tushgan.
Biroq yigitlar pastga tushganida sheriklaridan biri qolib ketganini bilib, uni qidirgan. Shu maqsadda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qidiruv-qutqaruv guruhidan yordam so‘rashgan.
Uch soatlik qidiruv jarayonida bedarak yo‘qolgan yigit sog‘-omon topilgan.
Mavzuga oid

15:47 / 04.03.2025
Toshkent viloyatidagi bog‘cha xodimi bolalarni gimnastika tayoqchasi bilan urdi

15:52 / 27.02.2025
Xitoy tog‘larida adashgan sayyoh tish pastasi tufayli omon qoldi

10:55 / 10.01.2025
Tog‘li hududlarda turizm majmualarini tashkil etishga 500 mln dollar investitsiya jalb qilinadi

09:35 / 24.12.2024