Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrining bir nechta tumanlarida ichimlik suvi o‘chiriladi
Joriy yilning 25 may soat 10:00 dan 27 may soat 06:00 gacha poytaxtning bir nechta tumanlarida ichimlik suvi tarmoqlarida bahorgi rejali profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan bir qator manzillarda ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan:
Yashnobod tumanida:
– «Katta olmos», «Iqbol», «O‘rtamasjid», «Mumtoz», «Katta Qo‘yliq», «Qo‘yliqobod», «Uysozlar», «Tarnovboshi», «Yangiqo‘rg‘on», «Behizor», «Bunyodkor», «Yanginur», «Oydinko‘l», «Shohimardon», «Katta Yangiobod», Shohsanam, Nodira, «Donishmand», «Xosiyatli», «Yangidavr» mahallalarida;
– Uysozlar va Uysozlar tor ko‘chalarida, Tolariq va Tolariq tor ko‘chalarida, Mumtoz va Mumtoz tor ko‘chalarida, Ohanrabo va Ohanrabo tor ko‘chalarida, Tabibiy va Tabibiy tor ko‘chalarda, Tabassum va Tabassum tor ko‘chalarida, Latofat va Latofat tor ko‘chalarda, Bunyodkor va Bunyodkor tor ko‘chalarida, Nigora va Nigora tor ko‘chalarida, Shohsanam va Shohsanam tor ko‘chalarida, Charos, Saodat, Muloyim, Tabarruk ko‘chalarida;
– To‘yona 2, 3, 4, 6, 7, 8, 9 – dahalarida, Qo‘yliq mavzesida, Uysozlar mavzesida.
Bektemir tumanida:
– Abay, «Bektemir», «Oltintopgan», Husayn Boyqaro, «Majnuntol», «Mirishkor», «Rohat», «Zilola», «Iqbol», «Chashma», «Nurafshon» mahallalarida;
– Porloq ko‘chasida, Suvsoz-1, 2 dahalarida.
Mirobod tumanida:
– Qo‘yliq ota, Barotxo‘ja, «Parvona», «Bayot», «Chinor», «Yangi Qo‘yliq», «Yuksalish», «Fayziobod», «Oq uy», «Ziyonur», «Tolariq» mahallalarida;
– Qo‘yliq - 1, 2, 3, 4 dahalarida;
– Fayziobod, Bilimdon ko‘chalarida.
Sergeli tumanida:
– «Qo‘shqo‘rg‘on», «Xonobod», «Quruvchilar», «Ziyokor», «Madaniyat», Shukur Burhonov mahallalarida.
Sergeli tumani bo‘yicha suv bosimi kamayadigan manzillar:
– «Qumariq», «Qipchoq», «Nurhayot», «So‘g‘diyona», «Daryo bo‘yi», «No‘g‘ay Qo‘rg‘on», «Viqor», «Bunyodobod», «Ziynat», Yo‘ldosh, «Navqiron», «Ittifoq», «Ezgulik», «Madadkor», Habibiy, «Tashabbus», «Yangi Umid», «Oriyat», «Marhamat» mahallalarida.
Yangihayot tumani bo‘yicha suv bosimi kamayadigan manzillar:
– «Olchazor», «Charag‘on», «Do‘stlik», «Yorqin» mahallalarida.
Shuningdek,
– Bektemir tumanidagi “Vodnik” qozonxonasiga;
– Sergeli tumani 8-sonli va “Sanoat qurilish” qozonxonalariga;
– Mirobod tumani 6-sonli qozonxonaga ichimlik suvi ta'minoti to‘xtatilishi munosabati bilan ushbu qozonxonalar ham 3 kun muddatga faoliyat ko‘rsatmaydi.
«Toshkent shahar suv ta'minoti» MChJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
20:39 / 01.05.2025
Quvurlardan kelayotgan suv ichishga yaroqli ekani aytildi
19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda
12:07 / 15.04.2025