Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Spark» haydovchisi YTH qurboni bo‘ldi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtning Bunyodkor ko‘chasida ro‘y bergan YTH haqida rasmiy ma'lumot berdi.
2021 yil 24 may kuni taxminan soat 04:45larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida (“O‘ztelekom” binosi qarshisida) 1985 yilda tug‘ilgan F.Yu. “Spark” rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishni ajratib turuvchi to‘singa urilgan. Voqea sabablari o‘rganilmoqda.
YTH natijasida avtomobil haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlar urinishiga qaramasdan vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025