Jahon | 15:11 / 25.05.2021
3327
1 daqiqa o‘qiladi

Honor va Google kompaniyalari o‘zaro hamkorlikni tikladi

Ikki yillik tanaffusdan so‘ng Honor 50, Honor 50 Pro va Honor 50 Pro+ smartfonlariga Qualcomm protsessorlari o‘rnatiladi.

Xitoyning smartfon ishlab chiqaruvchi Honor kompaniyasi AQShning Google kompaniyasi bilan hamkorlikni tikladi.

Brend avvalroq iyunda sotuvga chiqadigan smartfonlar Qualcomm chiplari bilan jihozlanishini e'lon qilgandi. Shuningdek, smartfonlar Google ilovalariga ham ega bo‘ladi.

Kompaniya ikki yil davomida AQSh sanksiyalari ostida bo‘lgan, shu sababli Amerika ishlanmalaridan foydalana olmagandi.  

Ma'lumot berilishicha, Honor 50 smartfonlari Google servislariga ega bo‘ladi.

Ikki yillik tanaffusdan so‘ng Honor 50, Honor 50 Pro va Honor 50 Pro+ smartfonlariga Qualcomm protsessorlari o‘rnatiladi.

2019 yilda AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid soladigan qurilmalar savdosini taqiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagach, AQSh moliya vazirligi Huawei kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritganidan so‘ng Honor va Huawei muammoga duch kelgandi. O‘shanda Google bu kompaniyalar bilan hamkorlikni to‘xtatgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid