Jahon | 00:23 / 27.05.2021
9337
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar G‘azo sektorini tiklashga 500 mln dollar ajratdi

Qatardan tashqari Misr va AQSh ham G‘azo sektorini tiklashga yordam berishini bildirgan.

Foto: Reuters

Qatar falastinliklarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, G‘azo sektorini tiklash ishlariga 500 mln dollar yo‘naltiradi, deb ma'lum qildi Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon Al Taniyga tayanib.

«Qatar amiri, shayx hazrati oliylari Tamim bin Hamad Al-Taniyning farmoniga muvofiq, Qatar G‘azoni tiklashga 500 mln dollar miqdorida yordam berishini e'lon qiladi», dedi u.

Al-Taniyning qo‘shimcha qilishicha, Qatar falastinliklarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Qatardan tashqari Misr va AQSh ham G‘azo sektorini tiklashga yordam berishini bildirgan. Qohira G‘azoga 500 mln dollar, AQSh esa tezkor ravishda 37,5 mln dollar va keyinchalik millionlab dollar ajratishini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid