Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Amirsoy»ga olib boruvchi yo‘l ekspertizadan o‘tmagani ma'lum bo‘ldi
Avtomobil yo‘li qurilishi sohasiga oid barcha funksiyalarning bitta tashkilotda jamlanishi avtomobil yo‘llarining sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda Senatning 29 mayda o‘tkazilgan o‘n beshinchi yalpi majlisida aytib o‘tildi.
Qayd etilishicha, “Amirsoy” tog‘ kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqilib, kamchiliklar mavjudligi sababli me'yoriy hujjatlar talablariga to‘liq moslashtirib, qaytadan ekspertizadan o‘tkazish lozimligi to‘g‘risida xulosa berilgan.
“Shundan so‘ng yana ikki marotaba Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Toshkent viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasiga “Amirsoy” tog‘ kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini qayta ekspertizadan o‘tkazmasdan turib, qurilish ishlarini olib borish mumkin emasligi to‘g‘risida xatlar yuborilgan bo‘lishiga qaramasdan, “Toshkent viloyati mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi tomonidan yo‘l qurilishi davom ettirilib, yakuniga yetkazilgan”, deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, oqibatda joriy yil mart oyida aynan mazkur yo‘lda ko‘chki sodir bo‘lib, avtomobil yo‘liga jiddiy zarar yetkazilgan.
Mavzuga oid
11:49 / 29.06.2024
Amirsoyga olib boruvchi yo‘lda transport harakati vaqtincha cheklanadi
07:16 / 26.02.2024
Qalbaki avtoraqam bilan 64 marta qoida buzgan haydovchi aniqlandi
20:06 / 09.02.2024
Foto: Mirziyoyev va Lukashenko «Amirsoy»da chang‘i uchishdi
15:00 / 06.09.2023