Jamiyat | 16:00 / 01.06.2021
11596
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

LG texnikalaridagi havo filtrlari haqida

Ehtimol,  PuriCare individual havo tozalagichi va ko‘plab changyutgichlar, shu jumladan simsiz A9ESSENTIAL haqida o‘qiganingizda, siz ularda HEPA filtri borligi haqida qayd etganini sezgan bo‘lsangiz kerak. Bu o‘zi nima va u qanday vazifani bajaradi, hozir shu haqida to‘xtalamiz. 

Demak, HEPA (High Efficiency Particulate Air) – yuqori samaradorlikka ega havo filtrlari bo‘lib, uning asosiy maqsadi – havodan mayda zarrachalar, jumladan 2,5 va 10 mkm diametrli PM2.5 hamda PM10 kabilarni yo‘q qilishdir. HEPA odatda, LG mahsulotlarida havoni atrof-muhitdan tozalash uchun foydalaniladi.

HEPA changyutgichlarda qanday rol o‘ynaydi?

Ba'zi changyutgich modellari nomukammal filtrlash tizimlari tufayli tozalash vaqtida mikro chang zarrachalarni havoga qaytishiga yo‘l qo‘yishi sababli LG modellarida hattoki eng kichik chang zarrachalarni ham 99,9 foizgacha ushlab turuvchi NeRA filtrlari o‘rnatilgan. Changyutgichning turli modellarida  filtrlash jarayoni turlicha kechadi. Agar LG Kompressor changyutgichlarida filtrlash to‘rt bosqichda o‘tsa, A9 vertikal modellarda havo besh bosqichli filtrlash tizimi orqali o‘tadi. Bu haqida batafsilroq tanishamiz.

LG Kompressor modelida havo avval yoqimsiz hidni yo‘q qiluvchi burchak filtridan o‘tadi, keyin mikro changlarni filtrlash boshlanadi, undan so‘ng  retikulyatsion antibakterial filtrdan o‘tadi va nihoyat, tozalangan havo filtr ramkasidan kela boshlaydi.

A9 vertikal modellarida ish prinsipi biroz farq qiladi.

Avvaliga havo multi siklonga tushadi va tozalashning birinchi bosqichi boshlanadi. Keyin metall changlar filtrdan o‘tadi hamda havo yana qaytadan  multi siklonda filtrlanadi. To‘rtinchi va beshinchi bosqichlarda havo avval boshlang‘ich tozalashdan o‘tib, keyin mayda changlarni yo‘q qilish jarayoniga keladi.  Natijada changyutgichdan odatiy changyutgichni ishlatayotganda qolishi mumkin bo‘lgan mayda chan zarrachalarisiz toza havo chiqa boshlaydi.

NeRA filtrlari o‘rnatilgan LG mahsulotlaridan foydalangan holda siz o‘zingizni toza havo, ya'ni – sog‘liq bilan ta'minlagan bo‘lasiz.

Sayt: lgblog.uz

Instagram: @lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid