Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lanka yaqinidagi kemada chiqqan yong‘in 13 kun o‘tib o‘chirildi
Shri-Lanka yaqinida 20 may kuni MV X-Press Pearl konteynerovozida boshlangan yong‘inni 13 kun o‘tib o‘chirishga muvaffaq bo‘lindi.
Avvalroq 25 tonna azot kislotasi tashib ketayotgan kemada yong‘in oqibatida portlash yuz bergani ma'lum qilingandi.
Shri-Lanka harbiy-dengiz flotining xabar berishicha, Singapurda ro‘yxatdan o‘tgan kemada 13 kun davom etgan xalqaro amaliyot natijasida yong‘inni o‘chirishga erishilgan.
Yong‘in sababi hozircha aniqlanmagan. Biroq taxminlarga ko‘ra, yong‘inga kemadagi konteynerlardan birida yuz bergan kimyoviy reaksiya sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
20:05 / 05.05.2025