Xorazm viloyati tumanlarida prokurorlar o‘zgardi

Xorazm viloyatining bir qancha tumanlariga yangi prokurorlar tayinlandi.
Jumladan, Salayev Uchqun Amonboyevich Xonqa tuman prokurori lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Xorazm viloyati prokuraturasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Matrasulov Bobirbek Adilbekovich Qo‘shko‘pir tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. U 1983 yilda Xiva tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. Tayinlovga qadar Xorazm viloyati prokuraturasi ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Maqsud Xojayev Urganch shahar prokurori qilib tayinlandi. Bunga qadar u Qo‘shko‘pir tumanida prokuror bo‘lib ishlagan.
Dilshod Madrimov Hazorasp tumani prokurori qilib tayinlandi. Bunga qadar u Urganch tumani prokurori bo‘lib ishlagan.
Ruslan Jumaniyazov Urganch tumani prokurori qilib tayinlandi. Bunga qadar u Hazorasp tumanida prokuror bo‘lib ishlagan.
Mavzuga oid

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

20:24 / 02.04.2025