O‘zbekiston | 13:43 / 04.06.2021
3363
1 daqiqa o‘qiladi

84 yoshli ayolga tegishli uydan 13 tup ko‘knori topildi

Chortoq tumanida yashovchi onaxonga tegishli uydan ko‘knori giyohvandlik moddasi topildi.

Chortoq tumanida 9 may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, 1937 yilda tug‘ilgan ayolning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash xonadoni tomorqasida 13 tup ko‘knori o‘simligi ekilib, parvarishlanayotganligi aniqlangan.

Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘simliklar tarkibida giyohvand modda saqlovchi “Ko‘knor” mavjud ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Mavzuga oid