Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Katta miqdordagi pulni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida fuqarodan yer olib berish evaziga katta miqdordagi pulni olib, o‘zlashtirib yuborgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro J.I. firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida fuqaro M.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali tuman hududidan 24 sotix bo‘sh yer maydonini olib berishi evaziga 52 800 AQSh dollarini olib, o‘zining ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:55 / 12.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli turar joy qurish uchun berilgan xulosa sudda bekor qilindi
16:51 / 24.04.2025
Toshkentda kamera yo‘q xonada bolani urgan bog‘cha xodimi ishdan olindi
11:37 / 22.04.2025
Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi 30 maygacha yopiladi
15:58 / 18.04.2025