O‘zbekiston | 13:32 / 09.06.2021
3121
1 daqiqa o‘qiladi

Denovda imom boshqaruvidagi «Jiguli» YTHga uchradi

Denov tumanidagi Aloviddin Attor jom'ye masjidi imomi S.M. yo‘l transport hodisasiga uchragan.

Tafsilotlarga ko‘ra, imom boshqaruvidagi «Jiguli» mashinasiga ro‘paradan kelayotgan «Matiz» avtomobili kelib urilgan.

Imom olgan tan jarohatlari bois kasalxonaga og‘ir ahvolda yotqizilgan.

Holat bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid