Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada koronavirus tarqalishi avj olgani sababli yangi cheklovlar kiritildi
Moskvada oxirgi sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 6701ta holat aniqlangan bo‘lib, bu yil boshidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Moskva meri Sergey Sobyanin koronavirus tarqalishini to‘xtatish bilan bog‘liq yangi cheklovlar kiritilishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, 13 iyundan 20 iyungacha savdo markazlari va boshqa jamoat joylaridagi bolalar o‘yingohlari ishlamaydi. Shuningdek, parklardagi attraksionlar yopiladi.
Bundan tashqari, tungi muassasalar va restoranlar faoliyati cheklanadi.
«Umumiy ovqatlanish muassasalari, tungi klublar, karaoke, bouling, diskoteka va boshqa ko‘ngilochar muassasalarning soat 23:00dan 06:00gacha ishlashi taqiqlanadi», — deyiladi hujjatda.
Moskvada oxirgi sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 6701ta holat aniqlangan bo‘lib, bu yil boshidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Shaharda koronavirus yuqtirganlar soni 1,2 milliondan oshgan, 20838 bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025