Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 14:01 / 12.06.2021
5361
2 daqiqa o‘qiladi
Olis hududlarda joylashgan bog‘chalarga subsidiyalar to‘lanadi
“Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 iyuldan:
- belgilangan tumanlarda 100ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish uchun 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 foizlik stavkada kreditlar ajratiladi;
olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi tegishli nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga:
- har bir tarbiyalanuvchi bola uchun davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 75 foizi miqdorida subsidiya to‘lanadi;
- “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya to‘lanadi;
- davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida oylik kompensatsiyalar to‘lanadi;
- 2018–2019 yillarda nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval berilgan kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddati 2022 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
11:15 / 12.05.2025