O‘zbekiston | 18:00 / 12.06.2021
2616
1 daqiqa o‘qiladi

Qarovsiz qoldirilgan 15 mln so‘mlik qoramol o‘g‘irlab ketildi

Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 20 hamda 18 yoshli shaxslar dalada qoldirilgan qoramolni o‘g‘irlab ketishdi.

4 iyun kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro IIB ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar, dalada qarovsiz qoldirgan narxi 15 mln so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Tuman IIB JQB tezkor vakili va profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, tumanda yashovchi 2003 yil va 2001 yilda tug‘ilgan shaxslar sodir etganliklari aniqlangan hamda ulardan daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid