Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aleksandr Povetkin faoliyatini yakunladi
Rossiyalik taniqli bokschi Aleksandr Povetkin sport faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. Shu bilan birga, 41 yoshli sportchi istak va yaxshi taklif bo‘lsa, yana ringga qaytishi mumkinligini istisno qilmadi.
«Yillar o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Koronavirusga chalinganimdan keyin yaxshilab sog‘ayib olish kerak, buning uchun vaqt zarur va men 20 yoshli yigitcha emasman. Koronavirusdan keyin sparring va mashg‘ulotlarda o‘zimni go‘yoki mastdek his qilmoqdaman, juda toliqmoqdaman», deb tan olgan Povetkin jurnalistlarga.
U barchaga minnatdorchilik bildirib, faoliyatini yakunlash haqidagi qarorni qabul qilish oson bo‘lmaganini qo‘shimcha qilgan.
Bokschi professional sportga yana qaytishi mumkinligini istisno qilmagan. «Qaytmaslikka ont ichmayman. Agar istak va yaxshi taklif bo‘lsa, nimaga yo‘q ekan», deb ta'kidlab o‘tgan sportchi.
Povetkin professional ringdagi faoliyati davomida 36ta g‘alabaga erishgan va 3 marta mag‘lubiyatga uchragan. U 2004 yilgi Olimpiada chempioni hisoblanadi.
25 mart kuni Povetkin faoliyatidagi oxirgi jangda britaniyalik Dillian Uaytga mag‘lub bo‘lib, WBC’ning vaqtinchalik chempioni unvonidan mahrum bo‘lgandi. O‘shanda 4-raundda rossiyalik bokschiga texnik nokaut yozilgandi.
Mavzuga oid
09:00 / 23.08.2020
Povetkin Uaytni nokautga uchratdi. U endi Tayson Fyuri bilan jang qilishi mumkin
20:20 / 17.10.2019
Nokautdan keyin komaga tushgan amerikalik bokschi vafot etdi
00:48 / 03.10.2019
«Toshkent yo‘lbarsi» Rufat Risqiyev 70 yoshni qarshiladi
08:38 / 01.09.2019